Umtitiga Rossiya chempionati qiziq emas

Alisher
20 apr 2021, 12:42
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti yozgi transfer oynasida Kataloniyadan ketishi mumkin.

27 yoshli futbolchiga Peterburgning "Zenit" klubi qiziqish bildirmoqda. Ammo o'yinchiga Rossiya Premer-ligasi varianti qiziq emas.

Umtiti Yevropa top-klublaridan taklif kutmoqda. Oldinroq unga "Liverpul" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar yangragan edi.

Umtiti joriy mavsum La Liga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano