Umidjon Yorbekov: "Yutishni bilgan yutqazishni ham bilishi kerak"

Narzulla Saydullayev
16 okt 2016, 18:27
Oliy liganing 25-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Obod" (2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar a'zosi Umidjon Yorbekov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "So'g'diyona"ga qarshi o'yin anchagina shiddatli o'tdi. Bellashuvda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, biroq ozgina omad yetishmadi. Vaholanki, mezbonlar darvozasi oldida bir nechta golga tortadigan xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira olgandik. Balki vaziyatlarni golga aylantirishda bizga tajriba yetishmagandir?

Bu - futbol! Futbolda g'alaba bilan mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Yutishni bilgan yutqazishni ham bilishi kerak. Fikrimcha, shu kuni mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Boshqacha aytganda, yutqazishga loyiq emasdik. Shuning uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman! Ular o'yinda g'alaba uchun borlarini berishdi, qattiq mehnat qilishdi. Buyog'iga "So'g'diyona"ga qarshi bahsni esdan chiqarib, navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz, - deydi Yorbekov.

"Obod" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia