Umid Ahmadjonov Farg'onada mavsumning ilk uchrashuvini ochib berdi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2018, 22:41
Umid Ahmadjonov Farg'onadagi “Istiqolol” stadionida Superliganing 1-turidan o'rin olgan “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvini ochib berdi.

Ochilish marosimi haqiqiy bayramga aylanib ketganini ham alohida takidlash kerak. Stadion muxlislar bilan to'lib-toshdi. Ochilish uchrashuvida futbolimiz afsonasi Birodar Abduraimov, Xitoydagi Osiyo chempionati g'oliblari, sportchilar, Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari sovrindorlari va boshqa sport jamoatchiligi vakillari qatnashdi.

Marosimda so'zga chiqar ekan, Umid Ahmadjonov barchani yangi mavsum ochilishi bilan tabrikladi. Superliganing har bir uchrashuvida muxlislar mana shunday stadionlarni to'ldirib o'tirishsa, bu futbolchilar uchun ham o'zgacha kayfiyat baxsh etishini ta'kidladi. Muxlislar stadionlarga kelib futbol tomosha qilishlari uchun O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tomonidin bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgani, jumladan, o'yinlar boshlanishi muxlislar uchun qulay vaqtlarga moslangani haqida gapirib o'tdi. Keyin esa bugun maydonda harakat qiladigan har ikki jamoaga omad tiladi.

O'yindagi dastlabki zarbani ramziy ravishda futbolimiz afsonasi Birodar Abduraimov amalga oshirdi. Shundan keyin FIFA referisi Ravshan Ermatov uchrashuvga start berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com