Umid Ahmadjonov AIBA rahbari G'ofur Rahimov bilan uchrashdi

Aziz Tukhtamuradov
28 iyul 2018, 07:05
Kecha, 27 iyul kuni Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti, Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) Prezidenti vazifasini bajaruvchi G'ofur Rahimov O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi.

Martabali mehmonni Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov kutib oldi. Uchrashuv davomida tomonlar bir qator masalalar yuzasidan fikr almashishdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

"Kuzatib borayotgan bo'lsangiz, o'zbek sportida jiddiy o'zgarishlarni amalga oshiryapmiz. Sport turlarini ichiga kirib boryapmiz", - deb so'z boshladi Umid Ahmadjonov.

Qolaversa, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o'zaro hamkorlikda ish olib bormoqda. Siz ko'p yillar davomida O'zbekiston...

Xabarning to'liq qismi ushbu sahifada > > > AIBA rahbari G'ofur Rahimov Toshkentda Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com