Umarali Rahmonaliev: "Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqqan edik"

Aslanov Jasurbek
9 sen 2023
U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O'zbekiston uchrashuvidan (0:10) so'ng Umarali Rahmonaliev bahs haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Umarali Rahmonaliev: "Bizni maydondan, uydan qo'llab-quvvatlaganlarga rahmat aytamiz. Qanday hisob bo'lishidan qatiy nazar, hayolimizda 0:0 deb o'yladik. Maksimal yirik hisobda g'alaba qozonishga intildik. Navbatdagi bahs Eron bilan. Ushbu uchrashuvdan oldin maksimal natijaga erishishni xohladik".

- Murabbiylar tomonidan hisobni o'ta yirik ko'rinishga keltirish borasida ko'rsatmalar berildimi?

- Raqibni yaxshi o'rganib chiqqan edik. Bahsgacha Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko'rib, ularning kuchsiz tomoniga zarba berishga urindik.

- Eronga qarshi bahs oson bo'lmaydi...

- Eronga qarshi uchrashuvlar doimo qiyin bo'lgan. Biz faqat g'alaba maqsadida maydonga tushamiz.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia