Ulug'bek Baqoev: O'yinni qanday tariflashga ham hayronman...

17 sen 2017, 09:03
Oliy liganing 21-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Dinamo" (0:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "Buxoro" ustozi Ulug'bek Baqoev o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

-  O'yinni qanday tariflashga ham hayronman... Bahs oson bo'lmadi albatta. Xamma o'yinchilarimiz  birdek  shijoat  bilan xarakat qildi. To'p bilan muomala qilishda ham, o'yinni nazorat qilish bo'yicha ham raqibdan yaxshi o'ynadik. Buning uchun ularga va shuningdek “Buxoro” ishqibozlariga ruhan dalda berib, qo'llab –quvvatlab turishgani uchun alohida rahmat deyman. Uchrashuvda  turli xil  vaziyat bo'lishi mumkin. Biz hamma vaqt bunga tayyor bo'lishimiz kerak. Dinamoga qarshi juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Bugun shunchaki omad biz tomonda bo'lmadi xolos. Lekin o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmagan holda keyingi turlarda bundan-da ko'proq xarakat qilib,  bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil xarakat qilamiz - deydi Ulug'bek Baqoev.



Buxoro matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia