Uli Xyoness: "Duglas Kosta maoshini oshirishga urinmoqda"

Tolibjon Qosimov
10 fev 2017, 19:22
"Bavariya" prezidenti Uli Xyoness yarim himoyachi Duglas Kosta o'z intervyusi bilan maoshining oshirilishiga erishmoqchi bo'lganiga ishonchi komil.
"Kostaning so'zlari - maoshning oshirilishiga urinish. Lekin, bu biz bilan o'tmaydi. Mayli, u istasa yana 10ta mana shunday intervyu bersin. Men Kostaning klubdagi moliyaviy sharoitlari yomon deb aytmayman", - deydi Xyoness.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi bir necha kun oldin Xitoydan ajoyib taklif olganini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail