

“Olimpiyskiy” stadiionida kechgan bellashuvda yagona gol o'yin taqdirini hal qildi. Mezbonlarning sloveniyalik himoyachisi Benyamin Verbich 64-daqiqada jamoadoshi Viktor Cigankov uzatib bergan to'pni raqib darvozasiga aniq yo'lladi.
Shu tariqa “Dinamo” mavsumda qatorasiga uchinchi g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsa, “Shaxtyor” ilk mag'lubiyatni qarshi olishga majbur bo'ldi.
Ayni paytda“Dinamo” 9 ochko bilan chempionat turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Keyingi pog'onalarda 6 ochko jamg'argan “Shaxtyor” va “Aleksandriya” klublari borishmoqda.



