Uilshir yangi jamoasi bilan kelishib qo'ydi

Mirjalol Normatov
8 iyul 2018, 16:55
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Jek Uilshir "Vest Xem"ga o'tadi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, yaqin kunlarda futbolchi yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agarda barchasi joyida bo'lsa, London jamoasi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekadi.

26 yoshli Uilshirning "Arsenal" bilan shartnomasi o'z yakuniga etgan. Shu boisdan u "Vest Xem"ga erkin agent sifatida o'tadi. Uning xizmatlariga "Milan", "Yuventus" va "Fenerbaxche" klublaridan qiziqishlar bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports