Uelbek YCHLda xet-trik qilgan Arsenalning uchinchi futbolchisiga aylandi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2014, 07:57
Arsenal hujumchisi Denni Uelbek YCHL 2-turida Galatasaroyga qarshi o'yinda uchta gol urdi (4:1).
23 yoshli futbolchi birinchi bo'limda dublga erishdi, 52-daqiqada esa xet-trik rasmiylashtirdi.

Uelbek London klubi safida Chempionlar ligasida xet-trikka erishgan uchinchi futbolchi bo'ldi. Oldinroq bunday natijaga Terri Anri va Niklas Bendtner erishgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru