Ueyn Runi: Buyuk klubga sardor bo'lish men uchun sharaf

Narzulla Saydullayev
13 avg 2014, 09:29
Manchester Yunayted hujumchisi Ueyn Runi jamoa sardori etib tayinlanganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- Men va oilam uchun shunday buyuk klubning sardori bo'lishim sharaf. Yuksak faxr tuyg'usi bilan ushbu bog'ichni taqib yuraman. Bosh murabbiyga bildirilgan ishonch uchun rahmat aytmoqchiman.

Shanba kunni intizorlik bilan kutayapman, o'sha kuni mavsumning ilk o'yiniga jamoani boshlab tushaman, – deydi Runi.

Eslatib o'tamiz, MYUga vice-sardor etib Darren Fletcher tayinlandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru