UEFA Patris Evra bo'yicha ish ochdi

Aziz Tukhtamuradov
3 noya 2017, 20:50
UEFA 10 noyabr kuni "Marsel" futbolchisi Patris Evraning muxlisni tepgani bilan bog'liq vaziyat bo'yicha ish ko'rib chiqadi.

O'yindan oldin bo'lib o'tadigan mashg'ulotlar vaqtida muxlislar Evrani haqorat qilishdi. Oradan 30 daqiqa o'tib esa, ular joylaridan maydonga sakrab tushishdi va futbolchilarni haqorat qila boshlashdi. Janjal vaqtida esa Evra muxlislardan birini boshiga oyog'i bilan zarba berdi. Yakunda 36 yoshli Evra o'yin boshlangunga qadar qizil kartochka bilan siylandi.

U kamida bitta o'yinda maydonga tusha olmaydi. Futbolchini diskvalifikaciya qilish bo'yicha yakuniy qaror 10 noyabr kuni UEFA ahloq qo'mitasi tomonidan o'tkaziladigan majlisdan so'ng ma'lum bo'ladi.

VIDEONI TOMOSHA QILISH


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA.COM