

Tashkilot juma kuni muxlislarga tovon to'lash bo'yicha qaror qabul qildi.
Eslatib o'tamiz, Fransiyada bo'lib o'tgan final uchrashuviga kirish uchun 30 mingdan ziyod muxlis chiptasiz yoki soxta chipta bilan maydonga tushgan. Buning oqibatida haqiqiy chipta egallari stadionga kirish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. Chiptalar bilan bog'liq muammolar sababli o'shanda Real Madrid va Liverpul uchrashuvi 30 daqiqa kech boshlangan.



