UEFA har bir assotsiatsiyaga 5,5 mln evrodan pul ajratdi

Mirjalol Normatov
27 apr 2020, 21:55
UEFA o'z rasmiy saytida tashkilotga a'zo 55 davlat assotsiatsiyalariga koronavirus sababli bo'layotgan inqiroz sababli pul ajratilganini ma'lum qildi.

UEFA har bir assotsiatsiyaga 4,3 mln evrodan pul ajratdi, bu pullar esa umumiy 236,5 mln evroni tashkil qildi.

Qayd etilishicha, UEFA oldinroq qo'ygan talablarini qaytib olgan va har bir davlat vaziyatga qarab ish tutishi kerakligini ma'lum qilgan.

Bugungi kunga kelib, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3 mlndan oshib ketdi. Shulardan 893 mingdan oshig'i tuzalishgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com