UEFA Evro-2024 saralash bosqichi qur'asini qachon o'tkazadi?

Sherzod Nurmatov
7 okt 2021, 20:34
2024 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi qachon bo'lib o'tishi ma'lum bo'ldi.

Terma jamoalar saralashdagi raqiblarini 2022 yil 9 oktyabrda Frankfurtda bo'lib o'tadigan tadbirda bilib olishadi.

Eslatib o'tamiz, qita chempionatining 23 yo'llanmasi uchun 54 ta jamoa kurash olib boradi.

Musobaqa 2024 yil 14 iyundan 14 iyulgacha Germaniyada o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com