U-23 Osiyo chempionati. Qobilov musobaqa to'purarlariga yetib oldi

Eldor Akmurzayev
19 yanv 2020, 19:20
Ayni daqiqalarda, 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finalidan o'rin olgan BAA – O'zbekiston bahsi bo'lib o'tmoqda.

Ilk taymdan keyin O'zbekiston OTJ 3:1 hisobi bilan oldinda bormoqda. 26 daqiqada olimpiya jamoasi sardori Islom Qobilov raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Bu uning musobaqadagi 3-goli bo'ldi va u to'purarlar ro'yxatida Muhammad Nassif (Iroq) hamda Jaroensak Vongkorn (Tailand) bilan tenglashib oldi.

Ma'lumot o'rnida, Qobilov barcha to'plarini 11 metrlik nuqtadan kiritgan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia