U-23 Osiyo chempionati. Qaysi stadionda qaysi o'yinlar bo'ladi?

Xayrulla Xoliqov
26 may 2022, 18:51
Ma'lumki, 1-19 iyun kunlari yurtimizda U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqa O'zbekistonda ilk bor tashkil etilayotgani bois qiziqish katta. Muxlislarimiz ayniqsa O'zbekiston olimpiya terma jamoasidan ijobiy natija kutmoqda. 

16 terma jamoa qatnashadigan musobaqada jami 32ta o'yin o'tkaziladi. Uchrashuvlarga to'rtta stadion mezbonlik qiladi: "Bunyodkor", "Paxtakor", "Lokomotiv" hamda Qarshi "Markaziy" stadioni. 

"Bunyodkor" va "Paxtakor" stadionlari 9tadan uchrashuvni qabul qilsa, "Lokomotiv" o'yingohida 8ta bellashuv bo'lib o'tadi. Qarshidagi "Markaziy" stadion esa 6ta o'yinga mezbonlik qiladi. Quyida o'yinlar taqvimi va boshlanish vaqtlarini to'liq keltirib o'tamiz.

"A" guruhi: O'zbekiston, Eron, Qatar, Turkmaniston.

"B" guruhi: Avstraliya, Iordaniya, Iroq, Quvayt.

"C" guruhi: Janubiy Koreya, Tailand, Vetnam, Malayziya.

"D" guruhi: Saudiya Arabistoni, BAA, Yaponiya, Tojikiston.


"Bunyodkor" stadionida bo'ladigan o'yinlar:

1 iyun, Chorshanba. 18:00. Eron - Qatar

2 iyun, Payshanba. 20:00. Tailand - Vetnam

4 iyun, Shanba. 18:00. Turkmaniston - Eron

5 iyun, Yakshanba. 20:00. Malayziya - Tailand

7 iyun, Seshanba. 22:00. Qatar - Turkmaniston

9 iyun, Payshanba. 20:00. Yaponiya - Tojikiston

11 iyun, Shanba. 18:00. 1/4 final (B-1/A-2)

15 iyun, Chorshanba. 21:00. 1/2 final

19 iyun, Yakshanba. 18:00. FINAL


"Paxtakor" stadionida bo'ladigan o'yinlar:

1 iyun, Chorshanba. 20:00. O'zbekiston - Turkmaniston

3 iyun, Juma. 18:00. BAA - Yaponiya

4 iyun, Shanba. 20:00. Qatar - O'zbekiston

6 iyun, Dushanba. 18:00. Yaponiya - Saudiya Arabistoni

8 iyun, Chorshanba. 18:00. Janubiy Koreya - Tailand

11 iyun, Shanba. 21:00. 1/4 final (A-1/B-2)

12 iyun, Yakshanba. 18:00. 1/4 final (C-1/D-2)

15 iyun, Chorshanba. 18:00. 1/2 final

18 iyun, Shanba. 18:00. 3-o'rin uchun bahs


"Lokomotiv" stadionida bo'ladigan o'yinlar:

2 iyun, Payshanba. 18:00. Janubiy Koreya - Malayziya

3 iyun, Juma. 20:00. Saudiya Arabistoni - Tojikiston

5 iyun, Yakshanba. 18:00. Vetnam - Janubiy Koreya

6 iyun, Dushanba. 20:00. Tojikiston - BAA

7 iyun, Seshanba. 18:00. Avstraliya - Iordaniya

8 iyun, Chorshanba. 18:00. Vetnam - Malayziya

9 iyun, Payshanba. 18:00. Saudiya Arabistoni - BAA

12 iyun, Yakshanba. 21:00. 1/4 final (D-1/C-2)


Qarshi "Markaziy" stadionda bo'ladigan o'yinlar:

1 iyun, Chorshanba. 18:00. Avstraliya - Quvayt

1 iyun, Chorshanba. 22:00. Iordaniya - Iroq

4 iyun, Shanba. 18:00. Iroq - Avstraliya

4 iyun, Shanba. 22:00. Quvayt - Iordaniya

7 iyun, Payshanba. 18:00. Iroq - Quvayt

7 iyun, Payshanba. 22:00. O'zbekiston - Eron

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia