U-23 Osiyo chempionati. 1-turdan keyin "A" guruhidagi vaziyat

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2020, 21:28
Bugun Tailandda U-23 Osiyo chempionati start oldi.

Dastlabki kun "A" guruhidan o'rin olgan ikkita uchrashuv o'tkazildi. 

Musobaqaning ilk uchrashuvida Iroq va Avstraliya terma jamoalari 1:1 hisobida durang o'ynashdi. Ikkinchi o'yinda mezbon Tailand Bahraynga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0. 

Shu tariqa, 1-turdan so'ng Tailand o'z guruhida yakka peshqadam bo'lib oldi. 

2-tur bahslari 11 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Unda Bahrayn Iroq bilan, Avstraliya esa Tailand bilan to'qnash keladi.




U-23 Osiyo chempionati haqida nimalarni bilish kerak? (+to'liq taqvim)        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia