U-21 Yevropa chempionati. Ispaniya – Germaniya o'rtasidagi final bahsining asosiy tarkiblari ma'lum

Eldor Akmurzayev
30 iyun 2019, 22:50
21 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionatining hal qiluvchi bahsiga Ispaniya hamda Germaniya vakillari yetib kelishdi.

Bugun, Toshkent vaqti bilan 23:45da mazkur jamoalar o'rtasida oltin medallar uchun kurash bo'lib o'tadi. Qizig'i shundaki, o'tgan mundialda ham aynan shu terma jamoalar o'zaro to'qnash kelgan va o'shanda Germaniya minimal hisobda (1:0) zafar quchgandi. 

Termalarning bo'lajak bahs uchun asosiy tarkiblari e'lon qilindi.


U-21 Yevropa chempionati. Final.

Ispaniya U-21 – Germaniya U-21

23:45, Friuli stadioni.

Ispaniya U-21 – Sivera, Firpo, Nunes, Agirregabiria, Valexo, Sebalos, Fornals, Mark Roka, Olmo, Oyarsabal, Fabian Ruis.

Germaniya U-21 – Nyubel, Klostermann, Ta, Xenrixs, Baumgartl, Syerdar, Doud, Amiri, Eggeshtayn, Oztunali, Valdshmidt.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia