U-20. O'zbekiston terma jamoasi Urugvayni mag'lubiyatga uchratdi

Nadirkhuja Yuldashev
29 mar 2015, 21:59
Portugaliyada JCHga hozirlik ko'rayotgan Ravshan Haydarov shogirdlari ikkinchi o'yinda g'alabaga erishdilar.

Uchrashuvning boshidayoq "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Temur Tolipov tomonidan kiritilgan gol uchrashuv taqdirini hal qildi. 43-daqiqada esa Urugvay futbolchisi Lemos qizil kartochka olib maydonni tark etgan.


Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz Portugaliyaga qarshi o'yinda 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi.


O'zbekiston - Urugvay 1-0

Gol: Tolipov (7)


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia