

"O'zbekiston, odatda, besh nafar himoyachi bilan harakat qiladigan jamoa hisoblanadi va avvalgi raqiblarimizdan farq qiladi. Biz ularga qarshi taktik tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. O'zbekiston Osiyo chempioni sanaladi, ular kuchli jamoa va bo'lajak bahs qiyin o'tishi tabiiy. G'alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Bizni 1:0 hisobidagi g'alaba ham qoniqtiradi", dedi 48 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Isroil o'rtasidagi 1/8 final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 31 mayga o'tar kechasi 02:00 da boshlanadi.



