U-19 Osiyo chempionatiga saralash. Tojikiston yirik g'alaba bilan boshladi

Xayrulla Xoliqov
4 okt 2019, 13:33
Ma'lumki, kelasi yil O'zbekistonda tarixda birinchi marta U-19 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada 16ta jamoa ishtirok etadi. Saralash bosqichida esa 46 jamoa bellashadi. Hozircha faqat "C" guruhidagi jamoalar o'z o'yinlarini boshlashdi. Bu guruhda Tojikiston, Suriya, Livan va Maldiv joy olgan bo'lib, saralash bahslariga Tojikiston mezbonlik qilmoqda. 

Tojikiston U-19 terma jamoasi 1-tur uchrashuvini Maldivga qarshi o'tkazib 9:0 hisobida zafar quchdi. Suriya va Livan o'rtasidagi bahsda esa 1:1 natijasi qayd etildi. Bugun 2-tur o'yinlari o'tkaziladi. 

1-tur. 2 oktyabr

Tojikiston - Maldiv 9:0 

Suriya - Livan 1:1 


2-tur. 4 oktyabr

Maldiv - Suriya

Livan - Tojikiston 


3-tur. 6 oktyabr

Livan - Maldiv

Tojikiston - Suriya 

Qolgan guruhlarda saralash bellashuvlari noyabr oyida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com