U-19 Osiyo chempionatiga saralash. Tojikiston vazifani uddalashga juda yaqin

Xayrulla Xoliqov
5 okt 2019, 07:10
Ma'lumki, kelasi yil O'zbekistonda birinchi marta U-19 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada 16ta jamoa ishtirok etadi. Saralash bosqichida esa 46 jamoa bellashadi. Hozircha faqat "C" guruhidagi jamoalar o'z o'yinlarini o'tkazishyapti. Bu guruhda Tojikiston, Suriya, Livan va Maldiv joy olgan bo'lib, saralash bahslariga Tojikiston mezbonlik qilmoqda. 

Tojikiston U-19 terma jamoasi 2-turni Livanga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi va ochkolari sonini oltitaga etkazib oldi. 6 oktbyar kuni bo'lib o'tadigan 3-tur o'yinida tojikistonlik yoshlarni bir ochko ham qoniqtiradi. Shunda yon qo'shnilarimiz to'g'ridan-to'g'ri Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. 


1-tur. 2 oktyabr

Tojikiston - Maldiv 9:0 

Suriya - Livan 1:1 


2-tur. 4 okyatbr

Maldiv - Suriya 2:3 

Livan - Tojikiston 0:1 


3-tur. 6 oktyabr

Livan - Maldiv

Tojikiston - Suriya 

Qolgan guruhlarda saralash bellashuvlari noyabr oyida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com