
"Juda ham og'ir o'yinni o'tkazdik. Birinchi turda so'nggi daqiqada o'tkazilgan to'pdan so'ng ruhiy pasayish bo'ldi lekin shunga qaramay o'zimizni ko'rsata olganimizdan xursandmiz. Ikki gol kiritganim bu albatta yaxshi lekin bu gollar jamoamiz mehnatidir. So'nggi tur bizga juda og'ir bo'ladi. Negaki endi Quvaytda yo'qotadigan narsa yo'q. Shu bois ushbu o'yinga ham qattiq tayyorgarlik ko'rib natijaga erishmoqchimiz. Bizni qo'llab quvvatlab turganlarga katta rahmat. Ishonchingizni oqlaymiz" , - deydi Suhrob Nurilloev.