U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi OCH saralashi: O'zbekiston 2-turda durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2016, 08:11
Xitoyda bo'lib o'tadigan U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslarida 2-tur o'yinlari o'tkazildi.

Vetnam mamlakati mezbonlik qilayotgan saralashning "D" guruhidagi 2-turida O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Falastinga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Dastlabki turda Vetnam o'smirlar terma jamoasiga mag'lub bo'lgan o'zbekistonlik qizlar o'yinning so'nggi daqiqalarida to'p kiritib guruhdagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi. O'zbekiston U-16 o'smir qizlari navbatdagi o'yinini 29 avgust kuni Gonkong o'smir qizlariga qarshi o'tkazadi.

U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi OCH saralashi.

Xanoi, Vetnam.

"D" guruhi, 2-tur.

O'zbekiston U-16 – Falastin U-16 – 1:1.

Gollar:
Tojiniso Rashidova (90) – Laylo Al Shayx (80).

O'zbekiston U-16: Zarina Saidova, Ozoda Xojieva, Amina Shodieva, Shaxnoza Yusupova, So'g'diyona Allamurodova, Albina Boboqulova, Anora Farmonova, Jasmina Abduvalieva (Tojiniso Rashidova 26), Parvina Shomirzaeva, Mehriyona Toirova, Madina Hikmatova.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com