TV3: “Barselona” mavsum oxirida Lukakuni sotib olmoqchi

4 dek 2013, 11:44
“Everton”da ijara asosida to'p surib kelayotgan “Chelsi” klubi hujumchisi Romelu Lukaku, “Barselona” klubi nazariga tushib qoldi.

20 yoshli Belgiya terma jamoasi futbolchisining xizmatlariga kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xerardo Martinoning shaxsan o'zi qiziqmoqda. Shu sababli klub futbolchini yozgi transferlar oynasi mobaynida xarib qilishni rejalashtirgan.

Eslatib o'tamiz, Lukaku Angliya chempionatining 11 ta o'yinida 8 gol kiritishga va 1 ta golli to'p uzatishni amalga oshirishga erishgan.


Manba: sports.ru