Tuxel omadsizlikning sababini aytdi

Mirjalol Normatov
5 may 2019, 16:50
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoasi "Nicca"ni mag'lub eta olmagani sababini aytdi.

"Hattoki "Monpele"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida "Nicca"ga qaraganda yaxshiroq o'ynagandik. Jamoaga intensivlik va ishtiyoq yetishmayapti. Ular huddi o'rtoqlik o'yini o'ynashga kelgandek o'ynashmoqda. To'g'ri, chempionlik qo'lga kiritildi. Ammo biz har bir o'yinda bor kuchimizni tashlashimiz kerak. Biz juda yomon o'ynayapmiz", - dedi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Canal+