Tuxel: "Myuller bor e'tiborini chempionlik uchun kurashga qaratgan"

Sherzod Nurmatov
13 may 2023, 10:29
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Tomas Myuller Myunxen klubini tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Tomas kelajagini o'zi hal qiladi. Tomas – bu "Bavariya", "Bavariya" esa – bu Tomas. U 12-marta chempionlik uchun kurashmoqda. Bu uning to'liq diqqat markazida. Qolgani bekor. Tomas bor e'tiborini sovringa qaratgan.

Har bir o'yin – Tomas Myuller o'yini. Tomasning bel og'rig'i so'nggi paytlarda uni biroz sekinlashtirdi. U mashg'ulotlardan biroz dam oldi. Uchta yaxshi mashg'ulot o'tkazdi, u sog'lom va tayyor”, – dedi Tomas Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bayern & Germany