Tuxel "Lester"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Murabbiyning Konte bilan nizo bo'yicha bergan apellyaciyasi rad etildi

Administrator
27 avg 2022, 00:22
Murabbiy APL to'rtinchi turida jamoasi o'yinini tomoshabin sifatida kuzatadi.

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Lester"ga qarshi o'yinda jamoasini maydondan turib boshqara olmaydi. Murabbiyning Angliya futbol assotsiatsiyasi qarori bo'yicha bergan apellyaciya rad etildi. 

Eslatib o'tamiz, Angliya futbol assotsiatsiyasi "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyingi daxanaki jang uchun Tuxelni 35 ming funt jarima tortib, bitta o'yinga chetlatgandi. 

Ma'lumot uchun, "Chelsi" "Lester" o'rtasidagi qarama-qarshilik 27 avgust kuni soat 19:00 da o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports