Tuxel futbol qoidalarini o'zgartirishni taklif qilmoqda
Aslanov Jasurbek
9 avg 2016, 14:20
Dortmundning "Borussiya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel futbol qoidalarini o'zgartirish niyatida.
"O'yin qoidalariga oid taklifim bor. O'zgarishlar ko'proq bo'lishini istayman. Bu qanday ishlashini ham o'ylab qo'ydim. 3 marta bir futbolchidan almashtirishni o'rniga, 3 marta ikki futbolchidan almashtirish mumkin" - deydi murabbiy.