Tursunovning jamoasi ham keyingi bosqichga chiqdi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2014, 09:36
Ukraina Kubogining nimchorak final bosqichiga terma jamoamiz yarim himoyachisi Sanjar Tursunov to'p tepayotgan “Vorskla” klubi ham yo'l oldi.
Poltavaliklar mehmonda Ternopilning “Niva” jamoasini yirik 5:1 hisobida dog'da qoldirishdi.

Uchrashuvda hamyurtimiz boshlang'ich tarkibda maydonga tushirildi. Sanjar 60-daqiqada o'z o'rnini Krivoshenkoga bo'shatib berdi. Bu paytga kelib hisob 1:4 bo'lib ulgurgandi.


NIVA (Ternopil) – VORSKLA (Poltava)  1:5

Gollar:
Semenyuk 2 – Chesnakov 9, E.Tkachuk 24, Yanuzi 43, Kovpak 56, Gromov 81

“Niva”: Shpuk, Gudima (Mdinaradze 73), Semenyuk, Gudak, Shpikula (Kozak 63), Grinchenko, Petrivskiy, Plis, Yanevich, Vaceba (Svorak 63), Donec

“Vorskla”: Bogush, Romanchuk, SANJAR TURSUNOV (Krivoshenko 60), Perduta, Kovpak, E. Tkachuk, Chesnakov, Yanuzi, A.Tkachuk, Gromov, Sklyar

Bosh hakam: Mixaylo Mitrovskiy (Ujgorod)

Ogohlantirishlar: Grinchenko 27, Vaceba 49 – Chesnakov 65

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com