Tursunov jamoasida g'alaba , Shackix klubida mag'lubiyat

Narzulla Saydullayev
10 may 2015, 08:15
Ukraina chempionatida 23-tur uchrashuvlari start oldi.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sanjar Tursunov to'p tepayotgan “Vorskla” klubi o'z maydonida “Olimpik” jamoasini 3:1 hisobida engdi. To'rtta o'yinda uchtasida zafar quchgan poltavaliklar turnir jadvalida kuchli beshlikka mustahkam o'rnashib olishdi. Tursunovning o'zi maydonda to'liq harakat qildi.

Ukraina chempionati musobaqa jadvali

VORSKLA - OLIMPIK 3:1

Gollar:
Kovpak, 13 (s pen), Sklyar, 25, Shinder, 31 - Kadimyan, 11

“Vorskla”: Bogush, Sapay, Dallku, Chesnakov, Siminin, Sklyar (Dedechko, 80), A.Tkachuk, SANJAR TURSUNOV, Gromov (Perduta, 73), Shinder, Kovpak (Mishenko, 84)

“Olimpik”: Litovka, Doronin, Mishenko, Dityatev, Brovchenko, Lebed (Sitnik, 68), Ogirya, Drachenko, Sherif (Semenina, 46), Moxa (Lisenko, 62), Kadimyan

Ogohlantirishlar: A.Tkachuk - Sherif


Yana bir hamyurtimiz Maksim Shackixning “Goverla” klubi Ujgorodda Ukraina chempioni “Shaxtyor”ni qabul qilib, yirik 3:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Xabaringiz bor, Shackix bir nechta o'yindan beri xatto uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmayapti. Bu safar ham shunday bo'ldi.

GOVERLA – SHAXTER 3:7

Gollar:
Xlebas, 41, 47, Myakushko, 54 – Gladkiy, 1, 18, Kosta, 13, Rakickiy, 63, Adriano, 76, Stepanenko, 78, Teysheyra, 90 (penalti)

“Goverla”: Koval, Lyulka, Yagodinskis (Kaverin, 22), Akakpo (Luxtanov, 80), Kacharaba, Tudose, Raychevich (Truxin, 74), Shimich, Myakushko, Xlebas, Feshhuk

“Shaxtyor”: Pyatov, Srna, Krivcov, Rakickiy, Shevchuk (Dentino, 46), Stepanenko, Fred, Marlos (Kovalenko, 73), Teysheyra, Kosta (Adriano, 59), Gladkiy

Ogohlantirishlar: Kacharaba, Raychevich - Adriano, Rakickiy

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com