"Turon" O'zbekiston terma jamoasi sobiq a'zosini o'z safiga qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2020, 22:53
Yaypanning "Turon" klubi A PRO-ligasida ishtirok etish uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoa o'z tarkibiga O'zbekiston terma jamoasi, "Paxtakor" va "Lokomotiv" klublari sobiq yarim himoyachisi Javohir Sohibovni qo'shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma'lumot uchun, Sohibov o'tgan mavsum yozida "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzgan edi.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia