O'rtoqlik uchrashuvi. "Turon" Qozonda "Rubin"ga yirik hisobda yutqazdi

Administrator
16 iyul 2023, 21:20
Rossiyada "Rubin" va "Turon" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida 3:0 hisobi qayd etildi.

Uchrashuv yopiq tarzda o'tkazilmoqda. Umarali Rahmonaliev asosiy tarkibda, Rustam Ashurmatov esa zaxirada.

"Rubin" – "Turon" 3:0

Gollar: Famaye, Daku (dubl)

"Turon": Rahimjon Davronov, Abubakir Ashurov, Asliddin Toshtemirov, Xurshidbek Muxtorov, Adug'ani Kamolov, Abdulazizxon Abdurashidov, Shaxzodbek Raxmatullaev, Nodirbek Mukarov, Fayzullobek Jumanqo'ziev, Shohmalik Komilov, Azizbek Xolmurodov.

"Rubin" asosiy tarkibi:

- Uchrushuv yakunlandi.

- Ikkinchi bo'lim so'ngida "Turon" uchinchi golni ham o'tkazib yubordi.

- Mezbonlar ikkinchi golni ham kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Qarshi hujumda “Rubin”ning tajribali legioner futbolchilari bir oz ustunlikka ega bo'lishmoqda.

“Rubin” safida yana bir hamyurtimiz Rustam Ashurmatov o'yinga qo'shildi.

- Gol! “Rubin” vakillari o'yinda hisobni ochishdi. Qarshi hujumda yaxshi vaziyatga chiqib borgan mezbonlar hujumchisi aniq zarba bilan darvozamizni ishg'ol qildi.

- “Rubin” vakillari burchak zarbasi ijro etishgandi, vaziyat xavfli tus oldi, himoya chizig'imiz vakillari to'pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo'lishdi.

- Uchrashuvning ikkinchi bo'limi boshlandi!


- Uchrashuvning birinchi bo'limi yakuniga etdi, tanaffus.

- Jumanqo'zev qanotdan hujum tashkil etdi, to'pni Shohmalik tomon uzatdi! Vuuuh! Komilovning jarima maydoni ichkarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi!

- Abubakir Ashurov quvnoq tarzda “Rubin” hujumchilarini himoyada “etaladi”. Yosh himoyachi dastlab go'yo to'pni oldirib qo'ygandek ko'rindi, biroq bir ozdan so'ng vaziyat to'liq o'z nazoratida ekanini ko'rsatdi.

- Shohmalik Komilovdan zo'r uzatma! Zo'r vaziyat! Fayzullobek! Eh... To'p o'tganida bormi? Jumanqo'ziev yo'nalishi tomon uzatilgan to'pga so'ngi pallada himoyachi ulgurib qoldi!

- Jumanqo'ziev! Qanday vaziyat! Fayzullobek qanotdan zo'r hujum tashkil etdi, birin-ketin raqiblarni ortda qoldirdi, biroq so'ngi pallada to'pni o'zidan bir oz uzoqlashtirib yubordi! Aks xolda u darvozabon bilan birga bir vaziyatda qolayotgandi.

- Bu vaziyatda “Rubin” posboni oldinroqqa chiqib ketgandi, zarba aniq bo'lganida hisobni ochishimiz muqarrar edi.

- Vuuuuuh! Shohmalik Komilov qarshi hujumda to'pni egallab olib, to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'ymoqchi edi, biroq zarbaga bir oz aniqlik yetishmadi.

- Mezbonlar tomonidan tashkil etilgan hujum xavfli chiqqandi, jamoamiz posboni Rahimjon Davronov o'z o'rnida.

- O'yin boshlandi.


O'yin yopiq tarzda o'tkazilayotgani sababli "Turon" klubi matbuot xizmati tomonidan berilayotgan matnli sharhni e'tiboringizga xavola qilamiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia