

"Turkiyaning "Eyupspor" klubi himoyachisi o'zbekistonlik Jahongir O'rozov ikkinchi davrada Samarqandning "Dinamo" klubi safida ijarada o'ynaydi", – deyiladi xabarda.
20 yoshli himoyachi Turkiya Birinchi ligasi vakili safida deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. U Kubok uchrashuvida faqat bir marta harakat qildi va U-19 chempionatida uchta o'yinda qatnashdi.
Avvalroq "Dinamo" Pro liga to'purarlaridan biriga jiddiy qiziqayotganini ma'lum qilgan edik.



