Turkiya kubogi. "Fatix Karagumruk" penaltilar seriyasida yutqazdi, Shukurov zaxiradan maydonga tushirildi va seriyada gol urdi

Оқил Абдубарноев
18 yanv 2023, 19:49
Turkiya kubogining 1/8 finali doirasida "Fatix Karagumruk" klubi "Bashakshexir" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa "Bashakshexir" futbolchilari ustun keldi.

Qayd etish joiz, "Fatix Karagumruk" tarkibida o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurov ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushirildi. Shuningdek, u penaltilar seriyasida jamoasining to'rtinchi zarbasini aniq ijro etdi, ammo jamoa seriyada 3:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia