Turkiya chempionati ham davom ettiriladigan bo'ldi

29 may 2020, 08:36
Sanasi ham ma'lum.

Futbol bo'yicha Turkiya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumi 12 iyundan davom ettiriladi. Bu haqida Turkiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

27-tur bahslari “Go'ztepe”-“Trabzonspor”, “Fenerbahche”-“Kayserispor” o'yinlari bilan boshlanadi.

To'xtab qolgunga qadar mamlakat chempionatida 53 ochkoga ega “Trabzonspor” klubi musobaqa peshqadami bo'lib turgandi.


Manba: Туркия футбол федерацияси матбуот хизмати