"Turk Messi"si “Barselona”ni emas “Real Madrid”ni tanladi

Alisher
5 iyul 2023
“Fenerbaxche” yarim himoyachisi Arda Gyuler faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

18 yoshli futbolchi “Barselona”ning jiddiy qiziqishiga qaramasdan “Real Madrid”ga o'tishga qaror qildi. 

Ardaning amaldagi jamoasi bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan va uning shartnomasidagi tovon puli 17,5 million evroni tashkil etadi. Madridliklar futbolchini 20 million evroga xarid qiladi. 

Arda mavsum davomida 35 uchrashuvda 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


AlisherMuallif
Manba: sports.ru