Turg'unboev va Ashurmatov "Paxtakor" bilan shartnoma tuzdimi?

Narzulla Saydullayev
25 dek 2018, 13:13
Bugun telegram kanallarda "Paxtakor" klubi ikki futbolchi bilan shartnoma tuzgani borasida xabarlar tarqaldi.

Azizbek Turg'unboev va Rustam Ashurmatov "Paxtakor" o'yinchisiga aylangani haqida xabarlar qanchalik rost yoki yolg'onligini bilish maqsadida "Paxtakor" matbuot xizmatiga murojaat qildik. 

"Hozircha bu futbolchilar bilan shartnoma tuzilmagan. Agar qaysidir futbolchi bilan shartnoma imzolansa bu haqda "Paxtakor" rasmiy saytida albatta xabar beramiz", - deydi Behzod Nazarov. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia