Ture, Nasri, Jeko va uch nafar futbolchi Sitidan ketishi mumkin

Narzulla Saydullayev
14 apr 2015, 09:28
Manchester Siti rahbariyati yozda tarkibda kattagina o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi.
Klubni bir yo'la 6 nafar futbolchi tark etishi mumkin: Yaya Ture, Samir Nasri, Edin Jeko, Aleksandar Kolarov, Gael Klishi va Stevan Yovetich. Shaharliklar rahbariyati bu futbolchilarning ushbu mavsumdagi o'yinlaridan qoniqishmayapti.

Bu futbolchilarning sotuvidan tushgan pullar evaziga Manchester Siti yarim himoya va hujumni kuchaytiradigan o'yinchilarni xarid qilmoqchi.

Siti nishonida turgan futbolchilar ro'yxati: Volfsburg vakili Kevin De Bryuyne, Yuventus yarim himoyachisi Pol Pogba, Liverpul a'zosi Raxim Sterling va Everton vakili Ross Barkli.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru