Turan: "Galatasaray" ijaram uchun katta pul sarflashini istamayman"

Aslanov Jasurbek
8 avg 2015, 13:47
"Barselona" yangi futbolchisi Arda Turan, "Galatasaray"da ijaraga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Galatasaray" meni ijaraga olishga urinmadi. Buning uchun klub yoshlar uchun ajratilgan pullarni sarflashi kerak. "Galatasaray" men uchun katta mablag' ishlatishlarini xohlamayman. Bundan tashqari, Luis Enrike "Barselona"da qolib, jamoaga yaqinroq bo'lishimni istayapti" - deydi Turan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com