Traore "Barselona"dan ketadi

Sherzod Nurmatov
3 may 2022, 19:58
"Vulverxempton" yarim himoyachisi Adam Traore "Barselona" tomonidan sotib olinmaydi.

Manba bergan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi yarim himoyachining o'yinidan qoniqish hosil qilmagan. Shu tariqa, u yozda Angliya klubiga qaytadi.

26 yoshli Traore 2022 yilning yanvaridan beri "Barselona"da ijara asosida o'ynamoqda. U kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 15 ta o'yin o'tkazib, birorta ham gol urmadi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca