“Trabzonspor” Turkiya Kubogini qo'lga kiritib, “Beshiktosh” bilan tenglashib oldi

30 iyul 2020, 08:25
“Trabzonspor” Turkiya Kubogi finalida “Alanyaspor” klubini 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Bu “Trabzonspor” klubi uchun 9-kubok bo'ldi. Natijada trabzonliklar bu borada “Beshiktosh” bilan tenglashib oldi. Kubokni qo'lga kiritish bo'yicha rekord “Galatasaroy”ga tegishli - 18 marta. “Fenerbahche” hisobida esa 6 ta kubok sovrini bor.

Trabzonspor – Alanyaspor 2:0

Gollar: 1:0 – 25 Omyur, 2:0 – 90 Serlot.

Trabzonspor – Chakir, Joau Pereyra (da Koshta, 90), Kampi, Tyurkmen, Novak (Cherekchi, 79), Omyur, Sosa, Gilerme, Parmak (Ndiaye, 90), Ekuban (Basajikoglu, 41), Serlot.

Alanyaspor – Marafona, Cavelas, Xuanfran, Nsakala, Kolker, Siopis (Uchan, 54), Gyulselam (Pektemek, 74), Fernandes, Karaja (Bulut, 63), Bakasetas, Sisse.

Ogohlantirishlar: Siopis (12), Kampi (17), Joau Pereyra (61).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia