Toxir Kopadze: Orolga keyingi o'yinda omad tilayman

Tolibjon Qosimov
24 okt 2013, 16:52
Bir necha daqiqa oldin Birinchi liga, ikkinchi bosqich 15-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Nukusda “Orol” mehmoni bo'lgan “Qo'qon-1912” jamoasi mezbonlar darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritib, uch ochkoni qo'lga kiritdi. Uchrashuvdan so'ng qo'qonliklar bosh murabbiyi Toxir Kopadzening o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- O'yin juda qiziqarli o'tdi, har ikkala jamoaga ham uch ochko zarur edi. Sababi, biz 3-o'rin uchun, “Orol” esa turnir jadvalida yuqorilash uchun harakat qilmoqda, o'z navbatida o'yin ham shunga mos tarzda keskin kurashlarga boy o'tdi.

“Orol” jamoasi futbolchilari juda ham yosh ekan, bugun ularga omad kelmadi va biz uch ochkoni qo'lga kiritdik. Lekin, keyingi o'yinda ularga omad tilab qolaman.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia