Totti: "Italiyada "Roma"dan kuchliroq klublar bor"

Narzulla Saydullayev
7 okt 2013, 12:37
"Roma" hujumchisi Franchesko Totti jamoasining Italiya chempionatidagi g'alabali odimi haqida gapirib berdi.
"Skudetto haqida gapirsak, Italiyada hamon "Roma"dan kuchliroq klublar bor, ammo kelajakda biz chempionlik uchun kurashamiz. Asosiy vazifamiz Chempionlar ligasiga qaytish.

Strotman? Hech kim uni jamoaga bunchalik tez qo'shilib ketishini kutmagandi, hatto Kevinning o'zi ham. "Inter"ga qarshi o'yinlarda kuchli o'yinchilar kerak, Kevin aynan shunday futbolchi", - deydi Totti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru