"Tottenxem" tarkibini tubdan o'zgartiradi

Sherzod Nurmatov
9 may 2024, 17:27
Klub murabbiyni qo'llab-quvvatladi.

"Tottenxem" yozda tarkibni tubdan yangilaydi. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar bermoqda.

Avvalroq "shporlar" bosh murabbiyi Angelos Postekoglu jamoa tarkibini o'zgartirish zarurligini ma'lum qilgandi. Ko'rinib turibdiki, klub murabbiy poziciyasini qo'llab-quvvatlayapti.

"Tottenxem" yozda 7 nafar futbolchisini sotishi mumkin. "Shporlar" Jovanni Lo Chelso, Iv Bissuma, Per-Emil Xyoyberg va Risharlisonni transferga qo'yishi allaqachon ma'lum.

Ketishi kutilayotgan futbolchilar ro'yxati kengayishda davom etadi. Shu bilan birga, londonliklar yozda yangi yarim himoyachi, markaziy himoyachi va hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph