"Tottenxem" prezidenti Keynning transferi bo'yicha "Manchester Siti"ning qo'ng'iroqlariga javob berishni to'xtatdi

Alisher
18 avg 2021, 13:10
"Tottenxem" prezidenti Deniel Levi hujumchi Xarri Keynning transferi bo'yicha navbatdagi taklif rad etilganidan so'ng "Manchester Siti" vakillarining qo'ng'iroqlariga javob berishni to'xtatdi.

"Shporlar" rahbari Keynning 125 million funtlik transferini rad etdi. "Siti" shuningdek bitimga o'z futbolchilaridan birini qo'shishga tayyor edi.

Keyn o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol va 16ta assist qayd etdi.

U "Tottenxem"ning APL yangi mavsumi ilk turi doirasidagi "Manchester Siti" (1:0)ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Telegraph