"Tottenxem" Pochettinoning o'rniga nomzod topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
29 sen 2019, 17:55
"Tottenxem" rahbariyati Maurisio Pochettinoning o'rniga boshqa murabbiy topib qo'ydi.

"Daily Express" xabariga ko'ra, agarda "shporlar" ustozi ushbu mavsum vaqtida jamoani tark etsa, uning o'rniga Angliya termasi ustozi Garet Sautgeyt klubda ish boshlaydi.

Qayd etilishicha, Pochettino ayni damda klubning transferlar siyosatidan norozi bo'lib yuribdi. Shuningdek, uning xizmatlariga "Real" va "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bor. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.

Garet Sautgeyt esa 2016 yildan buyon Angliya termasini boshqarmoqda. U boshchiligidagi terma 2018 yilgi JCHda yarim finalgacha yetib bordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express