"Tottenxem" Pirloga uch yillik shartnoma taklif qilmoqchi
Narzulla Saydullayev
20 okt 2013, 11:22
"Tottenxem" Andrea Pirloga yozda uch yillik shartnoma taklif qilmoqchi, deb xabar bermoqda Football Italia.
"Yuventus" futbolchining mahoratiga shubha qilmayapti, ammo 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi emas. "Shporlar" bunday taklifga tayyorlar. London klubi "Yuve" yetakchisiga haftasiga 80 ming funt maosh to'lamoqchi.