"Tottenxem" "Norvich"ga taklif yubordi

Mirjalol Normatov
26 apr 2020, 18:19
"Tottenxem" "Norvich" yarim himoyachisi Todd Kantvellni sotib olmoqchi.

"Football Insider" xabariga ko'ra, "shporlar" rahbariyati bu borada "Norvich"ga taklif jo'natib bo'lgan. Ayni damda Todd uchun "Manchester Siti" va "Liverpul" kabi klublardan jiddiy takliflar bo'lmoqda. Transferlar bozorida futbolchining narxi 15 mln evroga baholanmoqda.

Todd ushbu mavsumda 29 o'yinda 6 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Insider